Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi «Shinhan» bankining stipendiyasini qo‘lga kiritdi
Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi «Shinhan» banki (Janubiy Koreya)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.
Janubiy Koreyaning eng yirik banklaridan biri taqdim etgan stipendiya talabalarga o‘qish uchun xarajatlarning bir qismini qoplash imkonini beradi.
«Shinhan» bankining stipendiyasiga Toshkent shahridagi Inha universiteti «Logistika» fakulteti birinchi bosqich talabasi Shahlo Sarvarova hamda «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakulteti birinchi bosqich talabasi Hilola Ergashevalar loyiq topildilar.
Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi prorektori Cho Vu Sug talabalarga «Shinhan» bankining stipendiyalarini topshirdi.
Ta’kidlash lozimki, «Shinhan» bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bir necha yildan beri IUT talabalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Rektori Sarvar Babaxodjayev qayd etdi: «Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi «Shinhan» banki vakolatxonasiga talabalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiradi. Biz boshqa tashkilot va korxonalarni ham ta’limga sarmoya kiritishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqiramiz».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter