Toshkent shahar IIBB boshlig‘i fuqarolarni qabul qilishga kirishdi
Kecha, 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Bosh boshqarma boshlig‘i general-mayor R.Jo‘rayev fuqarolarni qabul qildi.
Shu kuni dastlabki tergov, surishtiruv, fuqarolararo munosabatlar yuzasidan muammoli masalalar, shuningdek, ichki ishlar organlariga qabul qilish bo‘yicha huquqiy maslahat olish uchun 15 nafar fuqaro murojaat qildilar.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, murojaatchilarning 5 tasiga shu joyning o‘zida tezkorlik bilan huquqiy yordam ko‘rsatildi. Qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, 13-fevral kuni Rustam Jo‘rayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter