Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat qildi

Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat qildi

Foto: Xabar.uz

30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan joriy yilning 25-iyun kuni «Yangi nafas», «Vatan qalqoni» ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bagishlangan «Olympyc day» musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan shahrimizdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

23-iyun kuni soat 00:00 dan 25-iyun kuni soat 10:00 gacha:

- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

25-iyun kuni soat 5:00 dan soat 8:00 gacha:

- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
-  Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.



Haydovchilardan uzr so‘ragan holda, ularga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring