Toshkent aholisining qancha qismi ko‘p kvartirali uylarda yashashi ochiqlandi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun holatiga Toshkent shahrida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:
— alohida uy (xususiy hovli) – 31,5 foiz;
— ko‘p kvartirali uylar – 63,4 foiz;
— boshqa turdagi uylar – 5,1 foiz;
1991-yil boshida O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan.
2022-yil boshiga kelib, ushbu ko‘rsatkich 50,9 foizni tashkil etgan hamda 1991-yilga nisbatan 10,6 foizga ko‘paygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter