To‘qqiz oyda 34 ta ov quroli va aslahalar musodara qilingani aytildi

Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan 37 543 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.
Buning natijasida tabiatga 15 mlrd. 133 mln. so‘m zarar yetkazilgani aytiladi. Huquqbuzarlar jami 16 mlrd. 800 mln. so‘m ma’muriy jarimaga tortilgan. 22 ta holat bo‘yicha yetkazilgan 8 mlrd. 810 mln. so‘mlik zarar bo‘yicha aybdorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
O‘tgan vaqt ichida huquqbuzarlardan 337 dona hayvon va parranda, 1380,4 kg baliq, 49 009 kg dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 91 ta ov qurollari, 95 ta aslahalar, 1290 ta to‘r, 46 ta elektr qarmoq va boshqa inventarlar olib qo‘yilgan. Shundan 70 ta ov quroli huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan bo‘lsa, 34 ta ov quroli va aslahalar, 23 ta inventarlar musodara qilingan, 17 ta ov quroli qaytarib berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter