Termiz aeroporti 55 kunlik tanaffusdan keyin qayta ochildi
Termiz xalqaro aeroporti 55 kunlik ta’mirlash ishlaridan keyin qayta ochildi. 26- dekabr kuni soat 08:15 da «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Toshkent — Termiz yo‘nalishi bo‘yicha HY-65 reysi bortida 146 nafar yo‘lovchi bilan «Termiz» xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Ushbu aeroportni qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.
Ayni paytda 377 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan yangi aerodrom majmuasining qurish loyihasi 550 milliard so‘mga baholanmoqda. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yo‘lagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter