Tereza Mey qirollik to‘yiga taklif etilmadi
![Tereza Mey qirollik to‘yiga taklif etilmadi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4097410513.jpg)
Manbaning aniqlik kiritishicha, ushbu to‘y Harrining akasi shahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Middltonning 2011 yildagi nikoh to‘yidek dabdabali bo‘lmaydi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Harri va Megan Marklning yaqinda bo‘lib o‘tadigan to‘yiga taklif etilmagan. Bu haqda kecha, 10-aprel kuni hukumatdagi manbaga asoslanib, «Independent» nashri ma’lum qilgan.
19-may kuni Bukingem saroyida bo‘lib o‘tadigan to‘yga faqat kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari taklif etiladi.
Manbaning aniqlik kiritishicha, ushbu to‘y Harrining akasi shahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Middltonning 2011-yildagi nikoh to‘yidek dabdabali bo‘lmaydi.
Shahzoda Harrining rasmiy vakili esa to‘yga siyosatchilarni taklif etmaslikka qaror qilinganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter