Taxmina Turdialiyeva dunyoning 100 ta ayol me’morlari qatoridan joy oldi
Britaniya me’morlari Qirollik instituti (RIBA) tomonidan nashr etilgan dunyoning 100 nafar me’mor ayollar faoliyati haqidagi kitobga o‘zbek me’mori Taxmina Turdialiyevani ham kiritdi.
«100 women architects in practice» deb nomlanuvchi kitobning rasmiy taqdimoti London shahrida joriy yilning 23 yanvar kuni o‘tkaziladi. «RIBA» tomonidan chop etilayotgan ushbu kitobda ayollarning arxitekturaviy muhitga qo‘shgan hissasi haqli ravishda e’tirof etiladi va butun dunyo bo‘ylab ayol-me’morlarning boy, xilma-xil va qiziqarli faoliyati haqida ma’lumotlar beradi.
Nashrda Taxmina Turdialiyeva tomonidan poytaxtimizda loyihalashtirilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Shota Rustaveli ko‘chasidagi ma’muriy binosi va Zamonaviy san’at markazidagi yozgi hovlining soyali konstruksiyasi haqida ma’lumotlar taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter