Migratsiya agentligi Yevropaga ishga bormoqchi bo‘lganlarni ogohlantirdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi aholini ogohlantirdi.
Unda aytilishicha, so‘nggi yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan migratsiya geografiyasini kengaytirish orqali xorijda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni dunyoning rivojlangan, xususan, Yevropa davlatlariga ishga jalb qilish jarayonlari yanada kengaytirilmoqda.
Ushbu loyiha ham faqatgina Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan olib boriladi.
«Shu munosabat bilan xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va to‘lovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz», deyiladi agentlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter