Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanishini 1000 dollarga «sotgan» shaxs ushlandi

Tanishini 1000 dollarga «sotgan» shaxs ushlandi

Foto: Tergov departamenti

Samarqand viloyati. 2021-yil aprel oyining boshlarida 28 yoshli A.Halim tanishi 37 yoshli I.Orzigulning ishonchiga kirib, unga Turkiya davlatidan yaxshi ish topib berishini va u yerga ketishida ham yordam berishini va’da qiladi.

Unga tegishli fuqarolik pasportini egallab olgach esa, I.Orzigulni fuqaro «S»ga 1000 AQSh dollar evaziga sotishga kelishib, 2021 yil 27 aprel kuni soat 22:00 larda Pastdarg‘om tumani Tinchlik mahallasida joylashgan kafelardan birida fuqaro «S» bilan savdolashib, 1000 AQSh dollardan 800 AQSh dollarni olayotgan vaqtida viloyat IIB TEQKB va Pastdarg‘om tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan  qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Halimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring