«Tabiat adolatsizligi»ga uchragan hayvonlarning ayanchli taqdiri
Ijtimoy tarmoqlarda aksariyat hollarda, insonlar tomonidan hayvonlarga qilingan shavqatsiz harakatlar keskin qoralanadi va omma e’tirozlariga sabab bo‘ladi. Ammo faqatgina insonlar emas, ba’zi holatlarda tabiiy ravishda jonivorlar adolatsizlikka uchrar ekanlar. Qanday deysizmi?
Hozir bilib olasiz.
Chumolilar odatda yo‘ldan adashmasligi uchun maxsus feramon nomli modda chiqaradi va bir birini izidan harakatlanishadi. Ba’zi holatlarda chumolilardagi bu xislat birdan ishdan chiqadi va ular aylana bo‘lib aylanishga tushadi. Asta-sekin ularning yoniga turdoshlari kelib qo‘shila boshlaydi. Bu go‘yoki chumolilarning bazmiga o‘xshab ketadi. Qiziq tomoni ushbu holat to chumolilar holdan toyib o‘lgunicha davom etadi va doiradagilar tinmay aylanishaverishadi.
Bu holat qaysidir chumoli birdan o‘ziga kelib, tirik qolganlarni bu yerdan olib ketmaguncha, soatlab hattoki bir necha kun davom etishi mumkin. Birinchi marta bu g‘alati hodisa o‘tgan asr yigirmanchi yillarida Uilyam Bibi tomonidan tasvirlangan.
Siz ko‘rayotgan it surati biroz boshqacha hodisaga uchragan. Bechora jonivor butun boshli daraxt ichida qamalib qolgan. 1980 yilda Amerikaning Jorjiya shtati janubida ishlayotgan daraxt kesuvchilar, navbatdagi daraxtni kesishadi va uni yuk mashinasiga ortishadi. Keyin, ishchilardan biri bexosdan daraxtga qarab, suratdagi itni ko‘radi. Daraxt ichida it xuddi qoyilmaqom qilib mo‘miyolanganga o‘xshardi. Bu topilmani o‘rganib chiqqan ekspertlar, ushbu it taxminan, 1960 yillarda olmaxonni quvlagan va daraxt kovagiga tushib ketgan degan xulosaga kelishdi. Aftidan u ancha yuqoriga ko‘tarilgan va daraxt kovagiga qisilib qolib o‘lgan. It tiqilib qolgan kashtan daraxti yog‘ochi jonzotning irib ketish jarayonini to‘xtatib qolgan. Yog‘och ichidagi quruq muhit uni nam ob-havodan asrab, namlikni uni tanasidan so‘rib olgan.
Bir biriga bog‘lanib qolgan kalamushlarni hech uchratganmisiz ? Suratda dumlari tugun bo‘lib bog‘lanib qolgan va ochlikdan nobud bo‘lgan haqiqiy kalamushlar. Ilk bor bunday xodisani 1964 yili aniqlashgan. Aniqlanishicha ularning bunday holatga tushishiga tanasidan ishlab chiqariladigan yopishqoq yog‘ sababchi bo‘ladi. U yelim kabi ta’sir qiladi va uyqu vaqtida toshdek qotishi mumkin. Kalamushlar tuzoqqa tushishganini bilishadi va qutulishga harakat qilishadi.
Natijada, tugun yanada mustahkam bo‘lib bog‘lanadi va ular ochlikdan nobud bo‘lishadi.
Insonlar tafakkur qilish va fikrlash qobilyatiga ega ongli mavjudotdir. Ayni shu jihati bilan ular hayvonlardan farq qiladi. Tabiat va undagi jonivorlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish har birimizning burchimizdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter