Toshkent viloyatidagi uylarning birida itlar shafqatsizlarcha so‘yilib, terisi shilib olingan.
Toshkent viloyatidagi uylarning birida itlar shafqatsizlarcha so‘yilib, terisi shilib olingan. Bu haqda «Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish tashkiloti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4 mart kuni «Mehr va oqibat» jonivorlarni himoya qilish tashkilotiga Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy kolxozida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linganligi haqida ariza kelib tushgan. Arizada u yerdagi uylardan birida itlarning o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani ma’lum qilingan.
«Mehr va Oqibat» vakillari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda belgilangan manzilga yetib borishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uy hovlisida yerda qon va o‘nlab it terilari bo‘lgan. Bu ishni qilganlar qon va terilarning ustiga tuproq tashlab, yashirmoqchi bo‘lishgan. Shu bilan birga, uy egasi bu yerda itlar so‘yilmasligini ma’lum qilgan.
Taxminlarga ko‘ra, hayvonlar go‘shti uchun so‘yilgan. Ko‘ngillilar 35 ta it va 9 ta kuchukni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. 10 ta it Gavcheg boshpanasiga, qolganlari esa «Mehr» markaziga o‘tkazilgan.
Hozirda hodisaning barcha holatlari, jumladan, itlar qanday va qayerga yetkazilgani o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter