Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suyultirilgan gaz ballonlari yaxshi to‘ldirilmayapti — statistika

Suyultirilgan gaz ballonlari yaxshi to‘ldirilmayapti — statistika

Foto: Xabar.uz

Iste’molchilar federatsiyasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish norma va shartlariga rioya etilishi ahvoli yuzasidan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Jami 28 603 ta xonadonlarda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra:

— suyultirilgan uglevodorod gazining iste’molchilarga 30 kun muddatda yetkazib berilganlari – 24 635 ta, 30 kun muddatdan kechikib yetkazib berilganlari – 3 668 ta;

— maxsus avtotransportlarda nazorat tarozilarning mavjud emasligi holatlari – 1 528 ta;

— suyultirilgan uglevodorod gazining belgilangan vaznda (20 kg) yetkazib berilganlari – 6 600 ta, belgilangan vazndan kam miqdorda yetkazib berilganlari soni esa – 22 003 ta;

— yetkazib berilayotgan gaz ballonlarining texnik soz holatdagilari – 27 993 ta, texnik nosoz holatdagilari – 610 tani tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring