Suv xo‘jaligi vaziri Braziliyaga boradi
2018-yilning 18-23-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev boshchiligidagi delegatsiya Braziliya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturidan Sakkizinchi jahon suv forumida ishtirok etish o‘rin olgan. Ushbu forum barqaror rivojlanish, suv resurslarini boshqarish va ushbu sohada global kun tartibini shakllantirish masalalari bo‘yicha tajriba almashish uchun eng katta maydon hisoblanadi.
Forum natijasi bo‘yicha Vazirlar deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur deklaratsiyada xalqaro hamjamiyat va milliy hukumatlarga suvdan adolatli foydalanish imkoniyatini ta’minlash va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqiriq kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan Hamroyev Shavkat Rahimovich Suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter