Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmonga qo‘l qo‘ydi

Prezident farmonga qo‘l qo‘ydi

Foto: «Uz24.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Suv xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, suvning hisobi va hisobotini yuritishni takomillashtirish, suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv xo‘jaligi ob’yektlarining xavfsizligini oshirish hamda samarali nazorat tizimini o‘rnatish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF–6024-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlanganligi hamda Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.

Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasida barcha suv resurslarini hisobga olish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, suv balansini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’yektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring