Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda soxta MXX xodimi tanishini 70 millionga chuv tushirdi

Surxondaryoda soxta MXX xodimi tanishini 70 millionga chuv tushirdi

Foto: «Ca-portal.ru»

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Soqchi mahallasida yashovchi Qaytmas Ayig‘ov ichki ishlar idorasiga murojaat etib, (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 2013 yil dekabr oyida Denov tumanilik A’zam Azamatovga Buxoro davlat tibbiyot institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yish sharti bilan bergan 70 million so‘m pulini qaytarib ololmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Murojaat yuzasidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari chog‘ida aniqlanishicha, Q.Ayig‘ov 2013 yil dekabr oyida Denov tumanidagi Qoraxon mahallasida yashovchi A’zam Azamatov bilan tanishib qoladi. 32 yoshdagi bu shaxs o‘zini Toshkent shahrida diniy ekstremizm bo‘yicha Milliy xavfsizlik xizmatida ishlayman, deb tanishtiradi. Gap orasida Buxoro davlat tibbiyot institutining test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan Qaytmas Ayig‘ovning qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qish uchun hujjat topshirganini eshitib, yigirma yoshdagi abituriyentning «qo‘ltig‘ini puch yong‘oqqa» to‘ldiradi. Unga Buxoro shahridagi hamkasb do‘stlari orqali yordam berishini aytib, ishonchiga kiradi. Xarajatlari uchun naqd 70 million so‘m pulini aldov yo‘li bilan olib ketadi.

Qing‘ir yo‘l bilan shifokorlik kasbini egallamoqchi bo‘lgan Q.Ayig‘ovning denovlik firibgar tanishi A.Azamatov yaqin kunlarda bu qilmishi uchun odil sud oldida javob beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring