Suriyadan 93 nafar ayol va bolalar olib kelindi. Ular orasida urushda ota va onasini yo‘qotgan chin yetimlar bor
«Mehr-5» operatsiyasi doirasida Suriyadagi urush ketayotgan «qaynoq nuqtalarga» borib qolib, «Al-Hol» lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekistonga olib kelingan bolalar orasida otasini ham, onasini ham yo‘qotgan 7 nafar chin yetim bor.
Endi bu ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi «Bo‘ston» sanatoriysiga joylashtiriladi hamda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha «Mehr-1, 2, 3, 4» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 438 nafar ayol va bolalar O‘zbekistonga olib kelingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter