SSVda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezidentning tegishli qarorlari bilan sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Farrux Sharipov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori edi.
Farxodjon Tashpulatov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u «O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari edi.
Olim Omonov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u «Chorvoq» turistik rekreatsion zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi direktori edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter