Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliqchilar tadbirkorga bo‘yni 6 mlrd. so‘m «ilib» qo‘ydi. Keyin-chi?

Soliqchilar tadbirkorga bo‘yni 6 mlrd. so‘m «ilib» qo‘ydi. Keyin-chi?

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi «Zarafshon Golden Group» MChJga 6 mlrd. so‘mdan ko‘proq «ilib» qo‘ydi. Bu hol murakkab shundog‘am murakkab paytda yuzlab kam ta’minlangan oilani qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shib, 800 nafardan ortiq xodimlarining qozoni suvga tashlanmasligiga harakat qilayotgan korxonaga faoliyatiga jiddiy tushov bo‘ldi.

Muammo nimada?

Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi  korxonaning 2019-yil yanvar-dekabr oylari uchun taqdim etilgan qo‘shimcha soliq hisobotlarida tavofutlar aniqlab, unga tuzatishlar kiritishni so‘ragandi deng. Shu yilning 12-may kuni soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritildi va dasturiy ta’minot orqali DSIga yuborildi. Biroq mazkur aniqlashtirilgan hisobotlar noma’lum sabalarga ko‘ra qabul qilinmagan, natijada shu kunning o‘zida korxonadan 4 211 473 028 so‘m miqdoridagi QQS undirish bo‘yicha inkasso to‘lov topshiriqnomasi qo‘yildi.

«Zarafshon Golden Group» MChJ tomonidan taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha tushintirish berish yakunlanmasdan, jamiyat hisob raqamiga qo‘shimcha ravishda  yana 2 496 830 731 so‘m miqdorida  QQS undirish bo‘yicha ikkinchi inkasso to‘lov topshiriqnomasi yuborildiki, bu endi katta muammo keltirib chiqardi.

Shundan keyin masalaga Biznes-ombudsman devonining xodimlari aralashishiga to‘g‘ri keldi. Qaraldiki,  DSI korxona hisob-raqamiga «chang solish»ga a-ancha shoshibdi.

Nega?

Soliq kodeksining 121-moddasi 8-xat boshida belgilangan holatlarda aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha soliq va penya summalari kamaytirilganda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga o‘tkazishga doir bajarilmagan (to‘liq yoki qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-iyulda 2575-son bilan ro‘yxatda o‘tgan «Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandiga ko‘ra hisobot dastlabki tarzdakameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinishi belgilangan.

Bundan tashqari, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga ko‘ra davlat organlarining tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonun xujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlari man etilganligi qayd etilgan.

Shu uchta asos korxonaga taqilgan «kishan»lar yechilishi yetib ortdi va  uning bank hisob raqamiga qo‘yilgan 6 mlrd. so‘mlik inkasso qaytarib olinishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring