Sog‘liqni saqlash tizimi ishonchni yo‘qotmoqda

Bugun, 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, sog‘liqni saqlash tizimiga jamoatchilik ishonchi pasayib boryapti.
2018-yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi o‘tkazgan so‘rovda ishtirok etganlarning 34 foizi sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya keng tarqalgan degan fikrni bildirgan bo‘lsa, 2019-yilda bu salbiy ko‘rsatkich 43 foizni tashkil etgan!
Yana bir ayanchli holat — tibbiyot xodimlarining psixotrop moddalar noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgani ham yig‘ilishda tilga olib o‘tildi. O‘tgan davrda 19 nafar xodim bunday ishga qo‘l urganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, ularning 12 nafarini hamshiralar, 7 nafarini shifokorlar tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter