«Snoslar» bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qaror — Andijonda. Toshkent – kompensatsiya to‘lamaslik bo‘yicha «chempion»
Yer egasining roziligi olinmagan, ijarachi bilan kelishilmagan, tegishli xalq deputatlari kengashlarining qarori yoki Hukumat qarori chiqarilmagan, Adliya organlarining ijobiy xulosasi olinmagan, kelishuvlar notarial tasdiqlanmagan qarorlar eng ko‘p Andijon viloyatida qabul qilingan.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ma’lum qildi.
Noqonuniy qarorlar Andijonda 48 ta, Toshkentda 11, Namanganda 7, Jizzaxda 6, Qoraqalpog‘istonda 4, Buxoroda 3 va Qashqadaryoda 1ta qabul qilingan.
Buning oqibatida, Respublika bo‘yicha 1 338 ta holatda mulk egalaridan 221,5 mlrd. so‘m qarzdorlik yuzaga kelib, ularning huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Mahalliy hokimliklarning hisobidagi jamg‘armada qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lsada, Toshkent shahrida 76,4 mlrd. so‘m, Toshkent viloyatida 49 mlrd. so‘m, Sirdaryoda 51 mlrd. so‘m, Qashqadaryoda 17 mlrd. so‘m, Surxondaryoda 9,7 mlrd. so‘m, Jizzaxda 7 mlrd. so‘m, Samarqandda 5 mlrd. so‘m, Farg‘onada 2,4 mlrd. so‘m va Andijonda 2 mlrd. so‘m qarzdorlik qoplanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter