Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz qanchalik siyosiy faolsiz — buni saylov jarayonida ko‘rsating! (video)

Saylovlar demokratik jamiyatning asosiy jihati bo‘lib, fuqarolar o‘z vakillarini tanlashi, mamlakat taraqqiyoti yo‘nalishini belgilovchi muhim qarorlar qabul qilish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.

Saylash va saylanish huquqi, saylovda ovoz berish tartibi va saylov uchastkasini aniqlash haqida gaplashamiz.

Saylash va saylanish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga ko‘ra: «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi».

O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali, ochiq va oshkora o‘tkaziladi.

Saylov kuni hamda saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi joriy yilning 9-iyul sanasida o‘tkaziladi.

Saylovda ovoz berish tartibi

Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

Saylovchi byulletenni mustaqil to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra, uchastka saylov komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.

Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra uchastkaga saylov komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.

Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin?

Odatga ko‘ra, saylov uchastkamizni xonadonga kelgan taklifnoma orqali bilib olamiz. Yoki Saylov uchastkasini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

MSKning saylov.uz veb-saytidan «Xizmatlar» sahifasini tanlang

  • Keyin, «Ovoz beruvchilarning elektron ro‘yxatida bormisiz?» bo‘limiga kiring
  • Pasport yoki ID-kartangiz seriya va raqamini kiriting
  • Tug‘ilgan kun ma’lumotlaringizni kiriting
  • Matematik amalni bajaring
  • So‘ngra, «izlash» tugmasini bosing
  • Shundan keyin, yangi oynada saylov uchastkasining raqami, manzili, uchastka komissiyasining telefon raqami hamda xaritada joylashuvi paydo bo‘ladi.
  • Xizmatdan foydalanish uchun QR-kodni skaner qiling.

Saylovda faol qatnashing!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring