Sirdaryoda o‘qituvchini urgan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Sirdaryoda o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.
Bir necha kun oldin Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro G.X. dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, o‘qituvchini haqorat qilib, unga qo‘l ko‘targani aks etgan video jamoatchilik o‘rtasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Holat bo‘yicha O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli bandlariga ko‘ra ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sudga viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi tomonidan berilgan pisixiatrik ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Ushbu ekspertiza xulosasida qayd etilishicha, fuqaro G.X. aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sud fuqaro G.X.ning umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi yuzasidan hukm chiqargan. Fuqaro G.X. ayni vaqtda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan, deyiladi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter