Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 3 ming kishilik «Baxt» jome masjidi ochildi (foto)

Sirdaryoda 3 ming kishilik «Baxt» jome masjidi ochildi (foto)

Foto: Muslim.uz

Joriy yil 7-iyul kuni, peshin namozi vaqtida Sirdaryoda «Baxt» jome masjidining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Masjid ichi juda keng bo‘lib, 3 ming odamni sig‘dira oladi. Tashqi tarafidan 1 ta 37 metrli minora bezab turibdi. Tahoratxona va masjidning ichki qismlari ham go‘zal did bilan bezatilgan. Shuningdek, masjidning yon qismida ayollar uchun ham alohida namozxona mavjud.

Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz

—1940 yildagi qurilgan masjidimiz ta’mirtalab bo‘lib qolgan edi, bugun yangi manzilda zamon ta’lablariga mos masjidimizni ochdik, deydi— masjid imom xatibi Nurmuxammad domla Narzullayev.

Peshin namozidan so‘ng, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ma’ruza qilib berdilar.

Foto: Muslim.uz

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring