Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shukrullo domla vazifasidan ozod etildi

Shukrullo domla vazifasidan ozod etildi

Shu yil 16 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi tomonidan xalq orasida «Shukrullo domla» deb tanilgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va «Abu Hanifa» jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berishicha, Sh.Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab bo‘lgan chiqishlarida xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof etib, uzr so‘ragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan.

«O‘z navbatida, mazkur xatti-harakatlarga nisbatan huquqiy baho berib, tegishli chora ko‘rilishi munosabati bilan imom-xatibni obro‘sizlantirish holatlaridan saqlanishni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga «hayfsan» intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish to‘g‘risida xulosa qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring