Shuhrat Do‘sbekov Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi
Do‘sbekov Shuhrat Begimqulovich Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Sh. Do‘sbekov 1980 yili Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Shuhrat Do‘sbekov faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bekobod tumanining avvalgi hokimi Shuhrat Mirzayev shu yilning avgust oyida lavozimga tayinlangan, ammo yaqinda jinoyat ishida gumonlanib, korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter