Shifokor qulupnayning foydali xususiyatlarini sanadi
Terapevt va parhezshunos Yelena Tixomirova qulupnay mevasining muhim foydali tomonlarini ochiqladi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu rezavorda foydali moddalar ko‘p va kaloriya miqdori kam.
Qulupnay tolaga boy (100 gr rezavorda taxminan 2 gramm bu modda mavjud), shuning uchun u oshqozon-ichak traktining harakatchanligiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
100 gramm qulupnay, shuningdek, C vitaminining kunlik qiymatining yarmi va soch, tirnoq va tishlar uchun muhim bo‘lgan kremniyning uch kunlik qiymatini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, 100 gramm qulupnay 45-47 kkal quvvat va ozgina uglevodlardan tarkib topadi. Shuning uchun, qulupnay vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun foydali mevadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter