Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor ayolni mast holda kaltaklagan fuqaro 4 yilga qamaldi

Shifokor ayolni mast holda kaltaklagan fuqaro 4 yilga qamaldi

25-mart kuni tarmoqda «Yana shifokorga tajovuz: mast fuqaro shifokor ayolni kaltakladi»  nomli xabar berilgandi.

Unda 24 mart kuni soat 23:15 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bo‘limiga poytaxtning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida olib kelingani hamda bu yerda boshqa bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgani uchun o‘z xizmat faoliyatini o‘tayotgan navbatchi shifokor N.Toshpo‘latovaga tan jarohati yetkazgani haqida aytilgandi.

Shifokor N.Toshpo‘latova «Qo‘shma kraniofatsial jarohat. Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi. Subaraxnoidal qon quyulishi. Burun suyaklari va burun to‘sig‘i sinib siljishi. Ensa va burun sohalari yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi. Nazogemorreya» tashxisi va bosh miya shishi asorati bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan edi.

O‘sha paytdayoq Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan qonunga muvofiq hukm chiqarilishini so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat bilan chiqqan edi.

Shundan so‘ng tibbiyot xodimiga qo‘l ko‘targan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochilib, surishtiruv ishlari boshlangan.

2 noyabr’ kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida fuqaro U.N.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Hukmga ko‘ra, U.N.ga nisbatan qo‘llanilgan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi. Ayblanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring