Sherzod Asadov davlat idoralari matbuot kotiblari bilan gaplashib oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda matbuot xizmatlari faoliyati, ularning jurnalist va blogerlar bilan hamkorligi darajasi tahlil qilindi.
Keyingi besh yilda mamlakatimizda butkul yangi — davlat idoralari va tashkilotlarining matbuot kotiblari instituti shakllangan bo‘lib, ularga keng vakolat va imkoniyatlar taqdim etilgani alohida qayd etildi. Endilikda ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zlari ishlayotgan tashkilotning ochiqligini ta’minlash va islohotlar natijasini aholiga yetkazishdagi rolini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ayrim vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari sust ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
– Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirish, aholiga to‘liq axborot berish shart. Bu bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishimiz, hamkorlik vertikalini yaratishimiz kerak. Buning uchun Prezident matbuot xizmati doimo ochiq, — dedi Sherzod Asadov.
Prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olindi.
Ochiq muloqotda matbuot kotiblari o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Sherzod Asadov ularning savollariga javob berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter