Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasi qanday tutiladi?
Muqaddas Ramazon oyi yakuniga yetgandan so‘ng shavvol oyida ham nafl ibodatlari qilish davom etmoqda. «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati tomonidan ushbu oyda tutiladigan olti kunlik ro‘za haqida savolga javob berilgan edi.
— Shariatimizda bir oy ro‘za tutish farz qilingan. O‘sha bir oy gohida 29 gohida 30 kun bo‘ladi. Ortidan 6 kun ro‘zani ketma-ket tutish shart emas. O‘sha oy ichida tutilsa bo‘ldi. Hatto fuqaholar hayitdan keyinoq ketma-ket tutishni makruh ham deganlar. Chunki bir vaqtlar shu ro‘zaga qattiq berilganidan odamlar 36 kun ro‘za tutiladi degan fikrgacha borishgan. Mustahab amalni vojib darajasiga ko‘tarishgan. Bunday qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter