Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev taniqli olim vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev taniqli olim vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator o‘zbek siyosatchilari akademik Nazar To‘rayev vafoti sabab ta’ziya bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, fizikaviy elektronika sohasidagi yirik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nazar Yuldashevich To‘rayev 2023-yil 3-oktyabr kuni 85 yoshida vafot etdi.

Nazar To‘rayev 1938-yil 19-mayda Surxondaryo viloyatining Denov shahrida tug‘ildi. 1961- yili Samarqand davlat universitetini tamomlab, mehnat faoliyatini Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim lavozimida boshladi. Zahmatkash olim o‘zining 60 yillik mehnat faoliyati davomida Yadro fizikasi instituti aspiranti, Elektronika instituti ilmiy kotibi, Toshkent politexnika instituti kafedra mudiri, Termiz davlat universiteti rektori, Fanlar akademiyasining FANUM ilmiy-o‘quv markazi direktori kabi mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz ilm-fan sohasini taraqqiy ettirish, yetuk kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

U 1968-yilda nomzodlik, 1981-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi.

Nazar To‘rayev mamlakatimiz va xalqaro ilmiy jamoatchilik o‘rtasida fizikaviy elektronika yo‘nalishida maktab yaratgan olim sifatida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Fidoyi olimning fizikaviy elektronikaning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari, monografiya va o‘quv-metodik qo‘llanmalari chop etilgan.

Mehribon va jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan asoslaridan saboq bergan. Uning rahbarligida 10 nafardan ortiq fan doktori va 20 nafarga yaqin fan nomzodlari tayyorlandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring