Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hosildorlikni oshirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi

Prezident hosildorlikni oshirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hosildorlikni oshirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar berdi:

- qishloq xo‘jaligi uchun texnika sotib olishda kredit xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan qoplab beriladi;

- joriy yil hosilidan boshlab 3 yil davomida paxtani Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida mashinada terish xarajatining 30 foizi budjetdan qoplab beriladi;

- import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi;

- chetdan olib kelingan texnikalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha kechiktirib to‘lash tartibi joriy etiladi;

- lazerli tekislash uskunalari va don urug‘ seyalkalarini xarid qilish uchun kelgusi yilda 50 milliard so‘m subsidiya va bojxona imtiyozlari beriladi;

- yangi navlar maydonlarini kengaytirish orqali paxtada hosildorlikni 60 sentnergacha, g‘allada esa 80 sentnerga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.

- fermer va klasterlarga, paxta hamda g‘allaning eng hosildor navlarini import qilish va mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi;

- «O‘zdonmahsulot» tizimidagi 20 ta urug‘lik don tayyorlash sexlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi Urug‘chilik markaziga o‘tkaziladi;

- suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar, tijorat banklari tomonidan kamida 5 yilga beriladi.

- subsidiya ajratish tizimi ham takomillashtiriladi. Jumladan, birinchi yili subsidiyaning 50 foizi berilib, hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab, kelgusi yili qolgan 50 foizi to‘lab beriladi;

- yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga uchinchi yilda yana 20 foiz subsidiya beriladi;

- suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatuvchi korxonalarning yagona elektron reyestri joriy qilinadi.

Hokimlar va klaster rahbarlari yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan axborot berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring