Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi masjidda
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki mamlakat muftiylari bilan birgalikda «Turkmanboshi ruhi» masjidiga tashrif buyurdilar.
Birodar xalqlarimizni bog‘lab turgan muqaddas dinimiz arkonlariga muvofiq Qur’on tilovat qilinib, Turkmaniston yetakchisining marhum otasi Malikguli Berdimuhamedov haqiga duo qilindi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, birgalikda iftorlik ham qilishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Turkmanistonga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter