Sharof Rashidovning 2180-yil ochilishi kerak bo‘lgan xatida nima yozilgan?
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi «To‘polang» suv omborida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi, deya xabar qildi «Xalq so‘zi».
«To‘polang» gidrouzelini qurish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi hammamizga ma’lum. Shu bois mazkur qurilish ob’yektida doimiy monitoring ishlari olib borilib, qurilish ishlari doimiy nazoratda bo‘lganligini guvohi bo‘ldik. Eng qiziqarli manba Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan tarixiy xati to‘g‘risidagi tarixiy yodgorlikka ko‘zimiz tushdi.
Bu xat Sharof Rashidovning «To‘polang» gidrouzelini qurish vaqtidagi tashrifi davomida qoldirilgan. Xat alohida maxsus idishga solingan va o‘sha vaqtning o‘zida mustahkam yodgorlik ichiga solingan. Sharof Rashidovning mazkur yoshlarga vasiyat xati «O‘zbekgidroenergo» AJga qarashli «Toʻpalang HPD platinium» MChJ hududida joylashgan. Tarixiy yodgorlik ustiga Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan xati to‘g‘risidagi va bu xat 2180 yil ochilishi lozimligi yozilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter