Shahrisabz va Kitobda 91,9 mln yevrolik loyiha amalga oshiriladi
«Shahrisabz va Kitob shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish» loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqdagi ma’lumot Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida keltirilgan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, mazkur loyihani bajarish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 81,16 mln yevro miqdorida qarz ajratilishini ma’qullagan.
Ta’kidlanishicha, loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi — qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash, soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishda 10,7 mln yevroni tashkil etadi.
Loyihani 5 yil mobaynida, xususan, 2021-2024-yillar davomida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy yilning 28-fevraliga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter