Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sevara Nazarxon — Qo‘qon xoni Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi

Sevara Nazarxon — Qo‘qon xoni Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi

Xalqimizning sevimli xonandasi Sevara Nazarxon ham Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar bermoqda.

Nashr jurnalistlari Qo‘qon shahridagi XIX asrning tarixiy yodgorligi -  Qo‘qonning so‘nggi xoni Xudoyorxon saroyida bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar, yaqin tarixdan so‘zlovchi qo‘lyozmalar, suratlar, qurol-aslahalar bilan tanishdi.

Bu yerda Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov samarqandlik jurnalistlar bilan uchrashdi.

Hokim ushbu tarixiy maskan, uning atrofida barpo etilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish uchun olib borilayotgan ishlar, shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.

«Xudoyorxon saroyi XIX asrda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha 114 ta xonaning 19 tasi saqlanib qolingan. Bugun nafaqat Xudoyorxon saroyi saqlanib qolingan,  balki uning avlodlari ham O‘zbekistonda yashamoqda. Jumladan, xalqimizning sevimli xonandasi Sevara Nazarxon ham Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi»,-deya qayd etadi nashr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring