Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savdo-sanoat palatasiga yangi rais tayinlandi

Savdo-sanoat palatasiga yangi rais tayinlandi

Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasining raisi etib tayinlandi.

Davron Vahobov 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriatini va 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasini tamomlagan. 2007 yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini sirtqi ta’lim bo‘yicha tugatgan.

Tayinlovga qadar Davron Vahobov «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.  

Eslatib o‘tamiz, palataning avvalgi rahbari Adham Ikromov joriy yil fevral oyida sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring