«Sarguzasht» sayohatga chiqdi
Shotlandiyalik ikki kichkintoy aka-uka yasagan o‘yinchoq kema dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. «GPS» bilan boshqariladigan kema ayni paytda Janubiy Amerikada. Bu haqda «Sabah» nashri xabar berayapti.
Shotlandiyalik 5 va 8 yashar aka-uka Olli hamda Harri yasagan o‘yinchoq kema o‘tgan yili mart oyidan beri dengizu ummonlarda suzib yuribdi.
Olli va Harri otasining ko‘magida suv to‘lqinlariga bardoshli kema yasab, dengizga qo‘yib yubordi. Kichkintoylar jajji kemani «Sarguzasht» deb nomlashdi. Ularning bu loyihasi bir sun’iy yo‘ldosh kuzatuv kompaniyasiga yoqib qoldi. Kompaniya kemaga «GPS» jihozini o‘rnatdi. Kemaning ichiga «Kim «Sarguzasht»ni topib olsa, iltimos, uni yana dengizga qo‘yib yuborsin» degan yozuv yozdi. Kema avval Daniya, keyin Norvegiya va Shvetsiyada to‘xtadi. Kemani ko‘rganlar uni tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
Fergyuson oilasi kemani kuzatib borish uchun «Facebook» tarmog‘ida alohida sahifa ochdi. «GPS» ma’lumotlariga ko‘ra «Sarguzasht» «Kristian Radich» kemasi bilan birga Venesuela va Surinam davlatlari orasidagi Gayana sohillariga yetib bordi.
Olli va Harrining otasi Makneylning aytishicha, bolalar muntazam ravishda kemani kuzatib borayotgan emish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter