Samarqandda ikki ishchini tuproq bosib qoldi, biri vafot etgan
Kecha, 30 noyabr kuni soat 17:30 atrofida Samarqand shahrining Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida kommunikatsiya quvuri o‘tkazish ishlari olib borilayotgan vaqtda tuproq massasi ko‘chib tushishi natijasida ikki kishi tuproq ostida qoldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.
Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, «Staplast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchisi, 1997 yilda tug‘ilgan M.Tursunqulov jiddiy tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali RShTYoIMga olib ketilgan. 1981 yilda tug‘ilgan U.Rustamov esa voqea joyida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter