Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda gaz idorasi chilangar-ta’minotchisining kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Samarqandda gaz idorasi chilangar-ta’minotchisining kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Urgut tumanida 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni o‘zlashtirgan chilangar-ta’minotchi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Urguttumangaz» GTB suyultirilgan gaz xizmati chilangar-ta’minotchisi F.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring