Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasini o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi

Samarqandda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasini o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi

2023 yilda Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu tadbirni yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan katta tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.


Vazir ushbu assambleyaning ahamiyatiga e’tibor qaratarkan, «Samarqand shahri Butunjahon turizm poytaxtiga aylanishi»ni ta’kidlab o‘tdi.


«Shu bilan birga, turizm imkoniyati mavjud shaharlarda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan xizmat turlarini kengaytirishga e’tibor qaratayapmiz. Samarqandda yangi Turistik markaz, Samarqandda barpo etilgan yangi aeroport, 8 ta mehmonxona, kongress-xoll, park, boshqa ko‘ngilochar va dam olish majmualari – mamlakatimiz tarixida hech shubhasiz «Yangi turizm darvozasi» va Yangi O‘zbekistonning «tashrif qog‘ozi»ga aylanadi», – dedi Aziz Abduhakimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring