Rustam To‘raxonov: «oltin fond»ning oddiy yigiti
Ish joylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis, ochig‘ini aytganda, juda kamtarona lavozim. Ammo unda siz o‘zingizni shunday ko‘rsatishingiz mumkinki, hamkasblar rahmat aytib, kompaniya esa maxsus mukofotni taqdim etadi. Bunday hodisa Rustam To‘raxonov «Beeline Uzbekistan»ning 15 yilligi sharafiga oltin nishonni olganida sodir bo‘ldi. Bu uning uchun kutilmagan voqea bo‘ldi - lekin masofaviy ishlashga o‘tishning eng qiyin davrida Rustam yordam bergan hamkasblari uchun emas.
Do‘st kabi kutib olinganda
Beeline ilk bor Rustam To‘raxonovning hayotida 2011 yilda paydo bo‘lgan – o‘sha paytda u operatorning sho‘’ba korxonasi Buzton MChJda ishlarrdi. Bungacha Rustam Respublika tibbiyot kollejida tarmoq infratuzilmasini texnik ta’minlash bilan shug‘ullangan. Ish, asosan, tushunarli, ammo hajmi katta. Va eng muhimi, ishni yolg‘iz bajarish kerak edi. IT mutaxassisi o‘zini «tonusda» ushlab turishi uchun juda muhim bo‘lgan professional aloqa doirasi yo‘q edi. Shu bois Rustam kompaniyani o‘zgartirish haqidagi yangi taklifni bajonidil qabul qildi. 2018 yilda u Beeline Uzbekistan’ning o‘ziga o‘tdi.
«Men suhbatdan o‘tdim, yigitlar bilan tanishdim. Ular meni go‘yo uzoq vaqtdan beri do‘st bo‘lib qolgandek kutib olishdi, — deb eslaydi Rustam. – O‘sha paytda HelpDesk texnik yordam xizmati ish o‘rinlari yaratish bilan shug‘ullanmagan. Men texnik yordam bo‘yicha mutaxassis lavozimiga keldim, biz Beeline simli Internetini ulagan abonentlarga xizmat ko‘rsatar edik. Va faqat ishdan bo‘sh vaqtlarida kompaniya xodimlariga yordam berar edik».
«Masofadan» ishlaganda
Hammasi 2020 yilning bahorida, pandemiyaning birinchi to‘lqini boshlanganda o‘zgardi. Antivirus choralari va masofaviy ishlashga ommaviy o‘tish ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqardi: hamma ham shaxsiy kompyuteriga ega emas edi va hamkasblar uyda ishlagani sababli kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha so‘rovlar kamaymadi.
Ishxonada qiladigan ishlari ko‘p bo‘lgan Rustamning o‘zi ham uyda o‘tira olmasdi. Shu bilan birga, u kompaniyaning boshqa xodimlariga yordam berishni boshladi: u va uning hamkasblari ish uchun jihozlarni yetkazib berish uchun kompyuterlar va xodimlar ro‘yxatini tayyorlashdi, serverlarni haddan tashqari ko‘p yuklashdi, dasturlarni o‘rnatish bo‘yicha maslahatlar berishdi va texnik vositalarni ta’mirlashdi. Ammo o‘sha paytda, yo‘llardagi transport cheklovlari tufayli, umuman har kuni ofisga yetib borish mumkin bo‘lishiga kafolat yo‘q edi! «Maxsus rejimda» bir necha juda qiyin haftalar o‘tdi. Ammo o‘nlab Beeline xodimlari to‘liq masofaviy ish bilan ta’minlandilar. Kompaniya favqulodda vaziyat sinovidan o‘tdi.
Hammasiga uch kun
Qizig‘i, Rustam To‘raxonov o‘zining hamkasblarini masofaviy ishlashga o‘tkazishni emas, balki Samarqand shahridagi 47-maktabga yordam berishni o‘zining eng yorqin loyihasi deb biladi.
«O‘shanda Beeline ushbu ta’lim muassasasini jihozlash va modernizatsiya qilish uchun qariyb 1 milliard so‘m sarmoya kiritdi. Informatika, matematika, ingliz tili, e-sport va robototexnika bo‘yicha darslar kompyuterlashtirilgan. Ammo maktabga kelganimizda, biz tarmoqni ikkita sinfni ulashimiz, qolganlarida interfaol doskalarni o‘rnatishimiz, barcha qurilmalar Internetga bemalol ulanishi uchun routerlarni ulashimiz kerakligini bildik. Bundan tashqari, maktab xodimlariga bulardan qanday foydalanishni o‘rgatish kerak edi. Bularning hammasini uch kun ichida bajarish kerak edi! – deydi Rustam To‘raxonov. – O‘rnatish va sozlash ishlari olib borilayotgan vaqtda o‘quvchilar yonimizga kelib, bu yerda nima bo‘lishini so‘rashdi. Biz hamma narsani ulaganimizda esa, bolalar kompyuterlarga o‘tirib, bizga rahmat aytishdi. Buni eshitish juda quvonarli bo‘ldi! Men o‘qituvchilarning ko‘zlarini, ularning quvonchini eslayman, buni unutib bo‘lmaydi. Bu juda qadrli».
Qizg‘in hayot
«Shu kompaniyada, shu jamoada ishlayotganimdan xursandman. O‘zingiz yoqtirgan ish bilan shug‘ullanish, o‘z ishingizni yaxshi bajarishingiz, menimcha, muvaffaqiyatdir, – deydi Rustam. Bu muvaffaqiyatning jamoatchilik e’tirofining ramzi oltin nishon bo‘ldi, uni Beeline Uzbekistan’ning atigi yetti nafar xodimi olgan. Taqdirlash marosimida o‘zining ismini eshitish Rustamni yanada hayratlantirdi. U hatto o‘zini adashib chaqirishgan, deb o‘ylagan va familiyasini katta ekranda ko‘rgandagina bo‘layotgan voqeaning haqiqatligiga ishongan. Rustamga o‘z ovozlarini berib, hamkasblar uning tezkorligi, professionalligi va mehnatsevarligini baholashgan.
«Mening hikoyam, hatto oddiy yigit ham faxriy mukofotga sazovor bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi. Buning uchun rahbarlik lavozimini egallash, «yuqorida» tanish-bilishlar bo‘lishi shart emas, o‘z ishing natijasini ko‘rsatishning kifoya», – deb hisoblaydi Rustam To‘raxonov.
Biroq, agar inson o‘z ishiga chinakam ishtiyoqli bo‘lsa, muhim natija paydo bo‘lishi mumkin. Rustam xuddi shunday: unga bir xillikning yo‘qligi, yangi qiziqarli vazifalar paydo bo‘lishi yoqadi. «Mening ishim oson emas, lekin zerikarli ham emas!» – deya jilmaydi Beeline’ning «oltin» xodimi. U hatto uyda ham zerikishni xohlamaydi. U rafiqasi va ikki farzandi bilan tabiat qo‘yniga, tog‘larga sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. U suzish, yog‘och o‘yish, haykaltaroshlik, rasm chizish bilan shug‘ullanadi, musiqa asboblarini o‘zi chaladi va katta rok-konsertlarda hordiq chiqaradi. Va, albatta, u yangi gadjetlar va texnologiyalarni ishtiyoq bilan o‘rganadi. Aynan shu energiya va ko‘p qirralilik Rustamni kichik lavozimda ham ko‘p ish qila oladigan haqiqiy «Beeline odami»ga aylantiradi. Va eng muhimi – u buni bajarishni istaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter