Rossiyada baxtsiz hodisaga uchragan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
Qoraqalpog‘istonlik S.M. 2020-yilning dekabr oyida Rossiyaga ishlash maqsadida boradi va joriy yil sentyabr oyida sog‘lig‘i keskin yomonlashgani oqibatida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qoladi.
Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida Moskva shahriga ishlash uchun borgan namanganlik 51 yoshli J.B. baxtsiz hodisa sababli oyog‘idan og‘ir jarohat oladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu fuqarolarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 19 va 21-noyabr kunlari Moskva – Toshkent aviareyslari orqali Vatanga qaytardi.
Fuqarolar Agentlik xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tez tibbiy yordam brigadasini jalb qilgan holda kutib olinib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter