Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikamizda umumxalq hashari boshlandi

Respublikamizda umumxalq hashari boshlandi

Shu yilning 18-19-mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangandi.

Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda bugun erta tongdan barcha hamjihatlikda obodonlik ishlariga kirishishgan, deya xabar berdi «O‘zA».

Hashar kunlari 44 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish va tozalash, 27 ming kilometrga yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston, 760 dan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirish, tartibga keltirish, 18 millionga yaqin daraxtni oqlash va ularga shakl berish, shu bilan birga, 12 millionga yaqin manzarali, 10 milliondan ortiq mevali ko‘chat, 14 milliondan ortiq gul ko‘chati o‘tqazish rejalashtirilgan.

Kam ta’minlangan oilaning uy-joylarini hashar yo‘li bilan ta’mirlash va tartibga keltirish, ehtiyojmand oila, nogiron va yolg‘iz qariyalar, urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring