Respublika kengashi yig‘ilishida yer masalasi tanqidiy ko‘rib chiqildi
Bugun, 18-avgust kuni Bosh prokuraturada yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining videoselektor shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Respublika kengashi a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, prokurorlar, ichki ishlar, soliq idoralari rahbarlari va hududiy kengashlarning boshqa a’zolari hamda tuman-shahar sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Kengash yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tkazilib, unda yer bilan bog‘liq noqonuniy holatlar hududlar kesimida, aniq raqam va misollar asosida ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda belgilangan vazifalar ijrosi ahvoli muhokama qilindi.
Respublika kengashi a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat va tuman-shahar hokimlarining hisobotlari, tushuntirish va izohlari eshitildi.
Bundan tashqari, yer talon-toroj qilinishining oldini olish hamda uning muhofaza qilinishini ta’minlash, tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda hududiy hokimlar va ularning sohaga mas’ul o‘rinbosarlari qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter