Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon oyida Toshkentda yangi masjid faoliyatini boshlaydi (video)

Ramazon oyida Toshkentda yangi masjid faoliyatini boshlaydi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent savdo markazi hududida 3 ming o‘ringa mo‘ljallangan Abu Saxiy masjidi qurib bitkazildi.

Masjidni qurish tashabbusi ilk bor Chilonzor tumanidagi Bek To‘pi mahallasining faollaridan chiqqan. Ular mahallasiga yaqin joyda masjid qurishni so‘rab Musulmonlar idorasi va Abu Saxiy bozor rahbariyatiga murojaat qilishgan edi.

Mahalla faollarining iltimoslari inobatga olinib Toshkent savdo markazi rahbariyati – investorlar homiyligida ikki yil oldin Abu Saxiy masjidi qurilishi boshlangan edi.

«Qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi. Endi ayni shu Ramazon kunlarida hujjat ishlari yakunlanib tegishli joylardan ruxsat berilgach, masjid o‘z faoliyatini boshlaydi», dedi Toshkent savdo markazi Bosh direktori o‘rinbosari Akmal Azlyarov.

Ikki yil mobaynida qurilgan mazkur masjidda odamlar ibodat amallarini bajarish uchun barcha zamonaviy qulayliklar muhayyo etilgan.

Tahoratxonalar ham zamon talabiga javob beradigan darajada ko‘rkam qilib qurildi. Ayollar uchun ham alohida xonalar mavjud.

Abu Saxiy masjidi o‘z faoliyatini boshlasa, ichkarining o‘zida bir vaqtda 3 ming nafar odam ibodat amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring