Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat va farovonlik hamda taraqqiyot va ravnaq yo‘lida muvaffaqiyat tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos
Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev
Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter