Qozog‘istondan parvozlar: Turkiyaga kamaytirildi, Toshkentga tiklandi

Qozog‘iston Turkiya bilan muntazam havo qatnovlari sonini qisqartirdi, bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati 10-dekabrdan Turkiyaga haftasiga 20 ta o‘rniga 10 tadan reys amalga oshirilishini ma’lum qilgan. Hozirgi epidemiologik vaziyat hamda sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari asosida ushbu qarorga kelingan.
Bundan tashqari, 10-dekabrdan Nursulton va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklanishi xabari berildi: haftasiga ikkitadan reys. Ushbu reyslar jadvali «Eyr Astana» va «Uzbekistan Airways» saytlarida joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter