Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston O‘zbekistonga jo‘natgan tungi ko‘rish moslamalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Qozog‘iston O‘zbekistonga jo‘natgan tungi ko‘rish moslamalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Foto: «Xalq so‘zi onlayn»

O‘tgan yil so‘ngida Qozog‘istonning «KAE» mas’uliyat cheklangan shirkati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun tungi ko‘rish moslamalarining sinov turkumi jo‘natilgan edi.

«Xalq so‘zi» nashrining «NK «Kazaxstan injiniring» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Qozog‘istonda tayyorlangan tungi ko‘rish moslamalari tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Ma’lumki, 2017-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan «O‘zbekiston – Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi» sanoat ko‘rgazmasida mazkur zavod vakillari ham ishtirok etib, o‘zining elektron-optik mahsulotlarini namoyish qilgandi. Mazkur tadbir davomida ikkitomonlama kelishuv ham imzolangan.

«NK «Kazaxstan injiniring» AK tarkibidagi «KAYe» korxonasi tungi ko‘rish moslamalari, teplovizion nishonga olgich, elektron platalar va optik linzalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring