Qo‘shrabot tumani Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi binosini qurishda talon-torojlik fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «O.S.» MChJ rahbari va boshqalar Qo‘shrabot tumanidagi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi binosida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 281,2 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter